Ikrom ( — izzat, hurmat) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Ikrom Akbarov — kompozitor, Oʻzbekiston xalq artisti, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi; Ikrom Akmalov — Sotsialistik Mehnat Qahramoni; Ikrom Aliboyev — oʻzbekistonlik futbolchi; Ikrom Berdiyev — oʻzbekistonlik bokschi; Ikrom Islomov — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi; Ikrom Jalilov — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, yuridik fanlari doktori, professor; Ikrom Otamurod — oʻzbekistonlik shoir; Ikrom domla — Buxorodagi taraqqiyparvar ulamolardan, muftiy va mudarris; Ikromxon Najmiddinov — oʻzbek oʻqituvchisi va davlat arbobi.

Familiyalar

Ikromov Ikromova

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari