Al-Xalil yoki Xevron ( , yoki Medieval Islamic Civilization: A-K, index by Josef W. Meri; p. 318; "Hebron(Khalil al-Rahman"; , )– Iordan daryosining Gʻarbiy sohili janubiy qismidagi eng yirik shahar, Falastinning Al-Xalil viloyati markazi..... Quddusdan 30 km janubda, dengiz sathidan 927 m balandlikda joylashgan. 2017-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra 201 063 nafar falastinlik, 2019-yilgi roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra 1000 ga yaqin isroillik istiqomat qilgan. Al-Xalil hududining 80 foizi Falastin milliy maʼmuriyati, 20 foizi Isroil armiyasi nazorati ostida.
Al-Xalil – dunyoning eng qadimgi shaharlaridan biri, tarixiy Yahudiya viloyati hududida joylashgan boʻlib, yahudiylikda Quddusdan keyin ikkinchi muqaddas shahardir. Al-Xalildagi eng mashhur tarixiy maskan – Patriarxlar gʻori boʻlib, yahudiylar, nasroniylar va musulmonlar uchun muqaddas joydir. Bibliyada tilga olingan – boshpana shaharlardan biri.
Shaharda Xevron universiteti, Falastin politexnika universiteti, shuningdek, Patriarxlar gʻori binosida bir nechta yahudiy diniy iyeshivlari joylashgan.
Injilga koʻra, shaharning asl nomi Kiriaf-Arba (Bit. 23:2), boshqacha yozilishi – Qiriyat-Arba yoki Qiryat-Arbadir. Hozirgi vaqtda Al-Xalilga tutashgan Isroilning Kiryat-Arba shahar posyolkasi shu nom bilan ataladi.
2017-yilda Al-Xalilning eski shahar qismi YuNESKO tomonidan Jahon merosi yodgorligi deb eʼlon qilindi.] Adabiyotlar
Manbalar
Turkum:Falastin