Androulla Vassiliou (; 1943-yil 30-noyabrda tugʻilgan) – kiprlik va yevropalik siyosatchi. 2008-yil mart oyidan 2010-yil fevral oyiga qadar Yevropa Ittifoqining Sogʻliqni saqlash boʻyicha komissari, soʻngra 2014-yil noyabrgacha Taʼlim, madaniyat, koʻp tillilik va yoshlar boʻyicha Yevropa komissari lavozimida xizmat qilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa Ittifoqi doirasida ijtimoiy va madaniy sohalarda faol ishtirok etadi. Kiprda koʻplab muhim lavozimlarni egallagan va bir qancha davlat va xususiy kompaniyalar kengashlarida aʼzolik qilgan.

Yuridik faoliyati Androulla Vassiliou 1943-yil 30-noyabrda Britaniya Qibrisining Paphos shahrida dunyoga kelgan. 1961-yildan 1964-yilga qadar Londonda Middle Temple (Inn of Court) huquq maktabida tahsil olgan, soʻngra 1964–1966-yillarda Londonning Xalqaro munosabatlar boʻyicha Qirollik institutida xalqaro munosabatlar boʻyicha tahsil olgan. 1968-yilda Vassiliou Kiprga qaytib, yurist sifatida ishlay boshlagan. Shu bilan birga Standard Chartered Bank, keyinchalik Kipr bankida huquqiy maslahatchi boʻlib xizmat qilgan (bir vaqtning oʻzida turli korporatsiyalar boshqaruv kengashida ham faoliyat yuritgan). 1988-yilda Vassiliou oʻzining huquqiy faoliyatini toʻxtatgan, chunki uning turmush oʻrtogʻi Georgios Vassiliou Kipr Prezidenti boʻlgan.

Siyosiy faoliyati Vassiliou 1988-yildan 1993-yilgacha Kiprning birinchi xonimi boʻlgan.

Vassiliou 1996-yilda Birlashgan Demokratlar Harakati nomidan Kipr Vakillar Palatasiga deputat etib saylangan. 2001-yilda ham yana qayta saylanib, 2006-yilga qadar faoliyat yuritgan. Ushbu davr mobaynida Vassiliou Yevropa ishlari qoʻmitasi hamda Kipr va Yevropa Ittifoqi qoʻshma parlament qoʻmitasida xizmat qilgan. Shuningdek, Yevropa Konstitutsiyasini ishlab chiqqan Yevropa Konvensiyasida Kiprning muqobil vakili sifatida ham ishtirok etgan.

2001-yildan 2006-yilgacha Yevropa Liberal Demokrat va Islohotlar Partiyasining vitse-prezidenti hamda Yevropa Liberal Ayollar Tarmogʻining raisi lavozimlarida ishlagan.

2008-yil fevral oyida Vassiliou Sogʻliqni saqlash boʻyicha Yevropa komissari lavozimiga Markos Kyprianouning oʻrniga oʻrniga nomzod sifatida koʻrsatilgan. 2008-yil 3-martda Yevropa Komissiyasida uning oʻrnini egallagan. 9-aprel kuni 446 ta rozi, 7 ta qarshi va 29 ta betaraf ovoz bilan uning nomzodi maʼqul deb topilgan. 2010-yil fevraldan boshlab Ikkinchi Barroso komissiyasi tarkibida unga Yevropa Komissiyasining Taʼlim, madaniyat, koʻp tillilik va yoshlar masalalari boʻyicha komissari lavozimi rasmiy tarzda topshirilgan. Manbalar

Havolalar

Androulla Vassiliouning rasmiy media galereyasi Archived 2014 yil 3 noyabrda arxivlangan.

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Siyosatchi ayollar