Nan-e berenji (, shuningdek nan-berenji – نان‌برنجی, yoki shirini-ye berenji – شیرینی برنجی) – Eronning Kirmonshoh viloyatidan kelib chiqqan guruch unidan tayyorlanadigan pechenye turi. „Nan-e berenji“ soʻzma-soʻz „guruch noni“ degan maʼnoni anglatadi. Taom odatda kardamon bilan xushboʻylanadi, ustiga koʻknor urugʻi sepiladi va yassi shaklda qilinadi. Odatda oq rangda boʻladi, baʼzan esa sariq rangga boʻyaladi.

Tarixi

Nan-e berenjining tarixi Qojarlar davriga borib taqaladi. Taxminan 150 yil avval Ipak yoʻli orqali Kirmonshohga kelib-ketayotgan sayohatchilar va ziyoratchilar uzoq vaqt saqlanadigan hamda ozuqaviy qiymati balandroq boʻlgan maxsus taomga ehtiyoj sezganlar. Shu ehtiyojga javoban mahalliy aholi sayohatchilarning asosiy oziq-ovqati boʻlgan guruchdan shirinlik tayyorlay boshlagan.

Yetti shirinlik Rivoyatlarga koʻra, podshoh Jamshid shakarni aynan forslarning yangi yili – Navro‘z kuni kashf etgan. Shu sababli Navroʻzni nishonlashda Haft-sin dasturxonidagi anʼanaviy yetti taomga qoʻshimcha ravishda yetti xil shirinlik bilan bayram qilish odati shakllangan. Yetti xil shirinlik quyidagilardir: Noghl – shakarlangan bodomlar Forscha baklava – pista va bodomli qatlama shirinlik Nan-e berenji – guruch unidan tayyorlanadigan pechenye Nan-e badami – bodomli pechenye Nan-e nokhodchi – noʻxat unidan tayyorlanadigan pechenye Sohan asali – asal va bodomdan tayyorlanadigan shirinlik Nan-e gerdui – yongʻoqli (jigʻdoli) pechenye

Galereya

Manbalar

Havolalar Nan-e Berenji Recipe in Persian Nan-e Nokhodchi Recipe in Persian

Turkum:Eron shirinliklari