Virgin orollari 2006-yil 10–26-fevral kunlari Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan 2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun delegatsiya yuborgan. Mamlakar tomonidan yuborilgan yagona sportchi Anne Abernathy edi. U mashgʻulot paytida bilagini sindirib olgan va shu sababli musobaqada qatnasha olmagan.

Tarixi Virgin orollari Olimpiya qo‘mitasi 1966-yil 31-dekabr kuni Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan rasman tan olingan. Mamlakat shundan buyon barcha Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashib kelmoqda, faqat 1980-yilda boykot qilingan Moskva Olimpiadasi bundan mustasno. Virgin orollari ilk bor 1988-yilda Qishki Olimpiya oʻyinlarida debyut qilgan. Ular oʻyinlar davomida faqat bir marotaba medal qoʻlga kiritgan. Bu yutuqni 1988-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida yelkanli qayiq sporti boʻyicha Peter Holmberg olib kelgan. 2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari 2006-yil 10–26-fevral kunlari Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan. Unda jami 80 ta davlatning 2508 nafar sportchisi ishtirok etgan. Virgin orollari nomidan Turin shahriga yuborilgan jamoa atigi bitta sportchi — Anne Abernathydan iborat edi. U ochilish va yopilish marosimlarida bayroqdor boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan joylar ro‘yxatlari Turkum:2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari