Favazir Ramazon (, baʼzan Favazir deb ham nomlanadi) – Ramazon oyi davomida Misrda efirga uzatilgan radio va telekoʻrsatuv. Koʻrsatuv 1975–1995-yillarda eng muvaffaqiyatli koʻrsatuvlardan biri boʻlgan va unda topishmoqlar, aktyorlik sahnalari hamda murakkab xoreografiyali raqs chiqishlari namoyish etilgan.
Tomoshabinlar oyning oxirida topishmoqlarni yechib sovrinlar yutishlari mumkin edi. sunʼiy yoʻldosh televideniyesi kabi xizmatlar orqali dastur tanlovlari kengaygani sababli koʻrsatuv faoliyati toʻxtatildi. Shuningdek, konservativ qarashdagi ayrim insonlar dasturda haddan tashqari koʻp joʻshqinlik va raqs bor, deb hisoblashgan.
Tarixi Serial 1961-yilda Amal Fahmi olib borgan As the Saying Goes nomli radioeshittirish sifatida boshlangan. 1967-yilda Favazir Ramazon ilk bor televideniyeda namoyish etilgan. favazir () soʻzi „topishmoqlar“ degan maʼnoni anglatadi. Ramazon oyining har kuni koʻrsatuvning bir qismi efirga uzatilgan va u topishmoq bilan yakunlangan. 30 ta topishmoqning javoblari Ramazon oxirigacha oshkor qilinmagan, tomoshabinlar ularning javoblarini topish orqali sovrin yutishlari mumkin edi.
Favazir Ramazon mazmunining katta qismi arab tarixidan olingan „fantastik“ musiqiy hikoyalardan iborat boʻlib, ularda Bollivud uslubini eslatuvchi murakkab xoreografiyali raqs chiqishlari, qorin raqsi va dabdabali liboslar boʻlgan. Qismlar raqs ketma-ketligi bilan boshlanib, soʻng topishmoq va dramatik sahnalar bilan davom etgan. Koʻrsatuvda multfilm qahramonlari ham ishtirok etgan.
Favazir Ramazon juda mashhur boʻlib, Ramazonning ajralmas qismiga aylangan. Uning eng muvaffaqiyatli davri 1975-yildan, Nelli koʻrsatuvda chiqish qila boshlagan paytdan 1995-yilgacha davom etgan. 1985-yilda Sherihanning qoʻshilishi Favazir Ramazonning muxlislar doirasini yanada kengaytirgan. Ayniqsa Sherihanning chiqishlari arab tilida soʻzlashuvchi dunyo madaniyatiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. Koʻrsatuvda boshqa koʻplab mashhur misrlik aktyor va sanʼatkorlar, jumladan Fuad al-Muhandis va Tholathy Advaʼa El Masra triosi ham qatnashgan. Raqs ketma-ketliklarida ishtirok etish orqali aktrisa boʻlishni istaganlar omma eʼtiboriga tushishgan.
Qisman Favazir Ramzon haddan tashqari dunyoviy, deb tanqid qilingani, ayrimlar aynan undagi joʻshqinlik va raqslar kiritilganiga eʼtiroz bildirgani sababli koʻrsatuv faoliyati toʻxtatilgan. Sunʼiy yoʻldosh televideniyesining keng tarqalishi va u taklif qilgan dasturlar sonining koʻpligi ham Favazir Ramazonning mashxurligining kamayishiga sabab boʻlgan.
Meros Favazir Ramazonning „kulgili“ tasviriy effektlari va bachkana, dabdabali kostyumlari tanqid qilinganiga qaramay, koʻrsatuv koʻplab musulmonlarda sogʻinch uygʻotadi. The National „televideniyeni ketma-ket koʻrib chiqish 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida… Favazir Ramazon televideniyeda paydo boʻla boshlagan paytda boshlangan“, degan fikr bildirgan.
2022-yilda boshlangan va Favazir Ramazondan sahnachalar hamda topishmoqlarni qayta jonlantiradigan Fawazeer Cassetteni Jordan News „buyuk davrga bagʻishlangan nostaljik Ramazon ehtiromi“ deb taʼriflagan.
Favazir Ramazon ruhida Chevrolet Arabia avtomobillarni koʻrsatish oʻrniga tomoshabinga topishmoqlar beradigan reklamalarni ham yuritgan.
Manbalar
Turkum:Misr televideniye seriallari Turkum:Ramazonga xos maxsus telekoʻrsatuvlar