Azizi Bank — Afgʻonistondagi eng yirik tijorat banklaridan biri.

Uning butun Afgʻoniston boʻylab 56 ta filiali (shu jumladan qoʻshimcha xizmat koʻrsatish shoxobchalari) va 88 ga yaqin bankomatlari (ATM) mavjud. Bank 2006-yil 13-iyunda oʻz faoliyatini boshlagan va bosh ofisi Afgʻonistonning Qobul shahridagi Vazir Akbar Xon mahallasida joylashgan. Mirwais Azizi bank asoschisi va raisi hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda Azizi Bankda 1326 nafarga yaqin xodim ishlaydi, ularning 12 foizini ayollar tashkil etadi. 2021-yilgi Tolibon hujumi paytida, Tolibonning baʼzi aʼzolari Qandahordagi Azizi Bankning ayol xodimlarini kuzatib borib, ularga ishga qaytmaslikni buyurgan edi.

Farhad Azizi

Farhad Azizi — BAAda faoliyat yurituvchi tadbirkor, milliarder, investor va „Azizi Developments“ kompaniyasi Bosh ijrochi direktori . U ushbu bankka 2006-yilda 7,5 million dollar ustav kapitali bilan asos solgan va keyinchalik bu koʻrsatkich 80 million dollarga yetgan. U koʻchmas mulk, bank ishi, investitsiya va mehmonxona sohalarida faoliyat yurituvchi, 1989-yilda tashkil etilgan „Azizi Group“ kompaniyalar guruhi bosh direktori hisoblanadi.

2018-yil holatiga koʻra, u afgʻon millatiga mansub eng boy shaxs va oila vakili hisoblanadi. U 2018-yil mart oyida „Arabian Business“ nashrining „Yaqin Sharqdagi 100 ta ilhomlantiruvchi yetakchilar“ roʻyxatiga kiritilgan. Farhad Azizi neft mahsulotlari monopoliyasiga ega boʻlgan Afgʻonistonning eng boy odamlaridan biri sifatida tan olingan. „Azizi Developments“ — Dubayda joylashgan koʻchmas mulk ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Yoshligi Bolaligida otasi Mirwais Azizi bilan Afgʻonistondan Dubayga koʻchib oʻtgach, ular 1989-yilda „Azizi Group“ga asos solishgan.

Tulsa universiteti bitiruvchisi boʻlgan Azizi, Boston-Suffolk universitetida moliya menejmenti boʻyicha MBA darajasini olgan. Oʻqishni tugatgandan soʻng, Farhad Yaqin Sharqqa qaytishdan oldin bir muddat Yevropada boʻlgan.

Faoliyati 2007-yilda „Azizi Developments“ kompaniyasi tashkil etildi. 2006-yilda esa Afgʻonistondagi eng yirik tijorat moliya instituti boʻlgan Azizi Bankka asos solingan edi. Shuningdek, ular Afgʻonistondagi nufuzli banklardan biri sanalgan Bakhtar Bankni (hozirgi Afgʻoniston Islom banki) sotib olishgan.

2008-yilgi moliyaviy inqiroz va 2009-yildagi Dubay uy-joy bozoridagi pasayishdan oldin, „Azizi Developments“ Dubayda hali qurilmagan (off-plan) ob’ektlarni sotgan. Aksariyat xaridorlar toʻlovlarni davom ettira olmaganida, Azizi ularning depozitlarini qaytarib berishni buyurgan.

2013-yilda kompaniya loyihalarni qurishni qayta tikladi. Hozirgi kunda kompaniyaning Dubaydagi portfeli 45 milliard amirlik dirhamidan (AED) oshadi. Uning dastlabki 80 million dollar investitsiya bilan boshlangan „Azizi Hotak Group“ neft biznesi 10 ta davlatda faoliyat yuritadi.

Kompaniyalari Aziziga tegishli kompaniyalar va tashkilotlar roʻyxati: Azizi Hotak General Trading Group Azizi Investments Azizi Developments Azizi Bank Bakhtar Bank (hozirgi Afgʻoniston Islom banki) Azizi Hospitality Azizi Foundation

Shuningdek qarang

Afg'oniston kompaniyalari ro'yxati

Manbalar

Qoʻshimcha oʻqish uchun

Havolalar

Turkum:Afg'oniston banklari Turkum:2006-yilda tashkil etilgan banklar