Neradje masjidi yoki Neradjes (, dan), ilgari Gʻoziy Husayin Posho masjidi () nomi bilan tanilgan, Gretsiyaning Krit orolidagi eski shahar qismi Rethimnoda joylashgan sobiq masjiddir. Usmonli davrida qurib bitkazilgan bu sobiq masjid 1924-yilda tark etilgan va bino musiqa maktabiga aylantirilgan.
Tarixi Bino avvalroq avgustinlar ordenining Santa Mariya nomli katolik monastiri boʻlgan. Usmonlilar tomonidan Retimnonni zabt etishdan soʻng, monastir masjidga aylantirildi va u Gʻoziy Husayin Posho sharafiga nomlangan. 1923-yilda Turkiya va Gretsiya oʻrtasidagi aholi almashinuvi va 1924-yilda Krit musulmon aholisining ketishidan soʻng, bino musiqa maktabiga aylantirilgan.
minora 1890-yilda, Kritda turk hukmronligining soʻnggi yillarida, muhandis Georgios Daskalakis tomonidan qurilgan.
Meʼmorchilik Bino toʻrtburchak shaklda va uchta yarim doira gumbazdan iborat. Yagona minorada ikkita balkon bor va u shahardagi eng baland inshootdir. Binoda aylana shaklli chiroqchasi, Uygʻonish davri uslubidagi deraza va eshik kabi Uygʻonish davri unsurlari mavjud. Sobiq cherkovning eshik qismi har ikki tomonda ikkita yarim ustundan iborat boʻlib, ular Korinfa uslubidagi ustunlar va har biri uchun alohida postament bilan yakunlangan boʻlib, ular trigosni koʻtarib turadi. Eshik ustida va ostonaning ostida kamon mavjud, kamon oʻrtasida katta tish (vilka) bor. Har ikki tomondagi ikki ustun orasida yarim ellips shaklidagi tokchalar ochilgan. Bu kompozitsiya Sebastiano Serlio asarlari asosida yaratilgan deb hisoblanadi.
Yana qarang
Gruziyada Islom Gruziyadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Gretsiyadagi masjidlar Turkum:19-asr masjidlari