„Toy“ (oʻzbekcha: Oʻyinchoq; ivritcha: ) — isroillik xonanda Netta Barzilai (Netta) tomonidan ijro etilgan debyut singl. U Doron Medalie va qoʻshiq prodyuseri Stav Beger tomonidan yozilgan hamda kompozitsiya qilingan2019-yilda mualliflik huquqi boʻyicha kelishuvdan soʻng Jack White ham bastakor sifatida qoʻshilgan.. Qoʻshiq 2018-yil 11-martda oʻzining rasmiy musiqiy videosi bilan birga chiqarilgan. Tarona Lissabon shahrida boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2018da Isroil sharafini himoya qilgan hamda tanlov gʻolibiga aylangan.
Qoʻshiq Isroil chartlarida birinchi oʻringa koʻtarildi. Shuningdek, u 2020-yil iyul oyiga qadar Eurovision qoʻshiq tanlovining YouTube kanalidagi eng koʻp tomosha qilingan video maqomini saqlab turgan (keyinchalik Rossiyaning „Uno“ taronasi bu natijani yangilagan).
Yaralish tarixi Konsepsiyasi „Toy“ Doron Medalie va Stav Beger tomonidan yaratilgan. Qoʻshiq matni asosan ingliz tilida boʻlib, unda ivrit tilidagi (ani lo buba, „Men qoʻgʻirchoq emasman“) iborasi va „stefa“ (banknotalar toʻplami) jargon soʻzi ishlatilgan. Shuningdek, yapon tilidagi „baka“ (yaponcha: — „ahmoq“) soʻzi keng qoʻllanilgan va Pokémon personaji Pikachuga ishora qilingan. 2019-yil aprel oyida Medalie „Trump-pam-pau“ iborasi oʻsha paytdagi AQSh Prezidenti Donald Trumpga ishora ekanligini ochiqlagan.
Saralash va chiqarilishi 2017-yil oktyabridan 2018-yil fevraliga qadar Netta „HaKokhav HaBa L'Eurovizion“ (Eurovision uchun navbatdagi yulduz) tanlovida ishtirok etdi. U ushbu tanlovda gʻolib chiqib, Isroilning Eurovisiondagi vakiliga aylandi. Keyinchalik maxsus qoʻmita uning uchun „Toy“ taronasini tanlab berdi. Qoʻshiq rasmiy relizidan bir kun avval internetga sizib ketgan edi.
Eurovision qoʻshiq tanlovi 2018-yil 8-mayda Lissabonda Eurovisionning birinchi yarim finali boʻlib oʻtdi. Netta 19 ta ishtirokchi ichida 7-boʻlib chiqish qildi va hakamlar ovoziga koʻra birinchi, tomoshabinlar ovoziga koʻra esa toʻrtinchi oʻrinni egallab, finalga yoʻllanma oldi.
12-may kuni boʻlib oʻtgan finalda Netta 22-boʻlib sahnaga chiqdi. Ovoz berish yakunlariga koʻra, qoʻshiq hakamlardan 212 ball (uchinchi oʻrin) va tomoshabinlardan 317 ball (birinchi oʻrin) toʻpladi. Umumiy 529 ball bilan „Toy“ tanlov gʻolibiga aylandi. Bu Isroilning 1978, 1979 va 1998-yillardagi gʻalabalaridan keyingi toʻrtinchi muvaffaqiyati boʻldi.
Tanqidiy qabul „The Daily Telegraph“ nashridan Sharlotta Ransi qoʻshiqqa 5 yulduz berib, uni „joʻshqin va oʻziga xos pop“ deb taʼrifladi. 2022-yilda „The Independent“ tanqidchisi Ben Kelli uni barcha davrlarning 39-eng yaxshi Eurovision gʻolibi deb atadi.
Sahnadagi chiqishda Nettaning yapon kimosini kiygani va yapon madaniyati elementlaridan (masalan, Maneki-neko) foydalangani baʼzi tanqidchilar tomonidan „madaniy oʻzlashtirish“ (cultural appropriation) sifatida baholandi. Netta bu aylovlarga javob bermadi, biroq avvalroq yapon madaniyati, ayniqsa Pokémon ishqibozi ekanligini aytgan edi.
Mualliflik huquqi boʻyicha daʼvo 2018-yil iyul oyida Universal Music Group „Toy“ qoʻshigʻining ritmi va garmoniyasi The White Stripes guruhining „Seven Nation Army“ taronasiga oʻxshashligi sababli daʼvo qoʻzgʻatishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. 2019-yil fevral oyida isroillik mualliflar Jack Whiteʼni ham bastakor sifatida tan olishga va qoʻshiqdan tushadigan gonorarlarni u bilan boʻlishishga kelishib olishdi.
Jamoa va mualliflar Netta Barzilai — vokal, lup-aranjirovka Doron Medalie — bastakor Stav Beger — bastakor, prodyuser, perkussiya, miksing Jack White — bastakor Avshalom Ariel — lup-aranjirovka Ami Ben Abu — klavishlar Shimon Yihye — gitaralar
Chartlar Haftalik chartlar Chart (2018–19) Eng yuqorioʻrin Isroil (Media Forest) 1 Shvetsiya (Sverigetopplistan) 5 Finlandiya (Suomen virallinen lista) 10 Germaniya (Official German Charts) 19 Ispaniya (PROMUSICAE) 16 Norvegiya (VG-lista) 19 Avstriya (Ö3 Austria Top 40) 15 Belgiya (Flandriya) 29 Buyuk Britaniya (UK Singles Chart) 49 AQSh Dance Club Songs (Billboard) 1
Manbalar
Turkum:2018-yil qoʻshiqlari Turkum:2018-yil singllari Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovi gʻoliblari Turkum:Isroil qoʻshiqlari Turkum:Isroil chartlarida birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Netta Barzilai qoʻshiqlari