Jerzy Franciszek Kawalerowicz (1922-yil 19-yanvar — 2007-yil 27-dekabr) — taniqli polyak kinorejissyori, ssenariynavis va siyosatchi. U 1954-yildan to 1990-yilda partiya tarqatib yuborilgunga qadar Polsha birlashgan ishchilar partiyasi aʼzosi boʻlgan hamda 1985–1989-yillarda Polsha parlamentiga deputat etib saylangan.

Hayoti va ijodi Jerzy Kawalerowicz Polshaning Gwoździec shahrida (hozirgi Ukraina hududi) ukrainlar va yahudiylar aralash yashaydigan hududda tugʻilgan. Uning ota tomondan qarindoshlari armanistonliklar boʻlib, dastlab familiyasi Kavalarian boʻlgan. Jerzy Franciszek Kawalerowicz oʻzining chuqur gʻoyaviy va detallarga boy vizual tasvirlari bilan nom qozongan. Rejissyor yordamchisi sifatida faoliyat yuritgach, 1951-yilda oʻzining debyut filmi — Gromada ni suratga oldi. U Polsha kino maktabining yetakchi namoyandalaridan biri boʻlib, uning 1956-yilgi Cień va 1959-yilda suratga olingan Pociąg filmlari mazkur harakatning eng sara namunalaridan hisoblanadi.

Kawalerowiczning boshqa mashhur ishlari qatoriga Kann kinofestivalining hakamlar hay’ati mukofotiga sazovor boʻlgan Matka Joanna od Aniołów (film), hamda Bolesław Prusning tarixiy romani asosida suratga olingan va „Oscar“ mukofotiga nomzod boʻlgan Faraon filmlari kiradi.

1955-yilda Kawalerowicz nufuzli KADR kinostudiyasiga rahbar etib tayinlandi. U kommunistik maʼmuriyatning targʻibot filmlarini yaratish borasidagi bosimlariga doimo qarshilik koʻrsatgan. Uning studiyasi Andrzej Wajda, Tadeusz Konwicki va Juliusz Machulski kabi ijodkorlarning eng yaxshi filmlarini yaratishga zamin hozirladi.

Kawalerowicz 1969, 1975 va 1979-yillardagi Moskva xalqaro kinofestivallari, shuningdek, 1976-yilgi Berlin xalqaro kinofestivalida hakamlar hay’atiga raislik qilgan. 1978-yilda uning Śmierć prezydenta filmi Berlin kinofestivalida „Kumush ayiq“ mukofotiga sazovor boʻldi.

Vafoti Jerzy Kawalerowicz 2007-yil 27-dekabrda Varshavada vafot etdi. Uning oxirgi ishi — Quo Vadis (2001) filmi oʻsha davrda Polsha kinematografiyasidagi eng yirik budjetli film boʻlgan.

Filmografiyasi Gromada, 1952 Celuloza (1953) Pod gwiazdą frygijską, 1954 Cień (1956) Prawdziwy koniec wielkiej wojny, (1957) Pociąg (1959) Matka Joanna od Aniołów (film), (1961) Faraon (1966) Gra (1968) Maddalena (1971) Śmierć prezydenta (1977) Spotkanie na Atlantyku, 1980 Austeria (1983) Jeniec Europy, 1989 Bronsteins Kinder, 1991 Za co?, 1995 Quo Vadis (2001)

Manbalar

Havolalar

Turkum:Kinorejissyorlar