Anne Nicole Brunell(qizlik familiyasi: Currie; 1970-yil 13-iyulda tugʻilgan) — tugʻma oyoq-qoʻl nuqsoni bilan dunyoga kelgan avstraliyalik paralimpiya suzuvchisi. U 11 yoshida suzish sporti bilan shugʻullana boshlagan va „Nunawading Swimming Club“ klubi sharafini himoya qilgan. Currie xalqaro musobaqalardagi debyutini 1984-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida oʻtkazgan va u yerda ayollar oʻrtasida A1 toifasida 100 m erkin usulda suzish bahslarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 13 yosh-u 11 oyligida ushbu medalga ega chiqish orqali u oʻsha davrda Avstraliyaning eng yosh Paralimpiya medal egasiga aylangan. Keyinchalik Currie 1986-yilgi Surakarta FESPIC oʻyinlarida, 1988-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida, 1989-yilgi Kobe FESPIC oʻyinlarida, 1990-yilgi Assen nogironlar oʻrtasidagi jahon chempionatida va 1992-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.

Currie Avstraliya Paralimpiya suzish harakatiga qoʻshgan hissasi uchun 1993-yilda Avstraliya ordeni bilan taqdirlangan va 2000-yilgi Sidney Paralimpiya oʻyinlarida Sportchilar bilan aloqalar boʻyicha mas’ul xodim etib tayinlangan. Sportchi 2000-yilda oʻsha paytdagi Bosh vazir John Howarddan Avstraliya sport medalini qabul qilib olgan hamda 2007-yilda Viktoriya faxriy ayollar roʻyxatiga kiritilgan.

Manbalar

Turkum:Avstraliya sportchilari Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar