Michael Carrick (1981-yil 28-iyulda tugʻilgan) — angliyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Angliya Premyer-ligasining ishtiokchisi „Manchester United“ klubining bosh murabbiyi. Michael asosan „Manchester United“ jamoasidagi 12 yillik faoliyati bilan tanilgan. Manchesterda oʻtkazgan soʻnggi mavsumida u sardorlik vazifasini ham bajargan. Carrick yarim himoyachi boʻlib, asosan tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan, ammo Alex Ferguson, David Moyes, Lui van Gal va José Mourinho qoʻl ostida zarurat tugʻilganda markaziy himoyachi sifatida ham maydonga tushgan. Uning oʻyin uslubi asosan aniq pas uzatish mahoratiga asoslangan edi.
Carrick oʻz faoliyatini „West Ham United“da boshlagan. 1997-yilda klubning yoshlar jamoasiga qoʻshilgan va ikki yildan soʻng jamoasi bilan Angliya yoshlar kubogini qoʻlga kiritgan. Michael West Ham klubidagi faoliyati davomida „Swindon Town“ va „Birmingham City“ klublariga ijaraga berilgan. 2000–01-yilgi mavsumga kelib esa asosiy tarkibdan mustahkam oʻrin egallagan. 2002–03-yilgi mavsumda jamoasi quyi ligaga tushib ketgan boʻlsa-da, keyingi mavsumda Carrick PFA (Professional futbolchilar assotsiatsiyasi) tomonidan Birinchi divizionning „Yil ramziy terma jamoasi“ga kiritilgan. U „West Ham“ safida 150 dan ortiq oʻyinda maydonga tushgan, 2004-yilda esa taxminan 3,5 million funt sterling evaziga Londondagi raqib klubi — „Tottenham Hotspur“ klubiga oʻtgan. U yerda ikki mavsum davomida muhim oʻyinchi boʻlgani. 2006-yilda 14 million funt sterling evaziga „Manchester United“ jamoasiga transfer qilingan.
„Manchester United“ klubiga kelgan ilk mavsumidayoq Carrick asosiy tarkibning doimiy oʻyinchisiga aylangan va 50 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan. U 2006–07-yilgi mavsumda Premyer-liga chempionligini qoʻlga kiritgan jamoaning asosiy futbolchilaridan biri boʻlgan. Keyingi mavsumda u 2008-yilgi Chempionlar ligasi finalida gʻalaba qozongan jamoaning asosiy futbolchilaridan boʻlgan. Oʻsha oʻyinda u toʻliq 120 daqiqa harakat qilgan va penaltilar seriyasida (6:5 hisobida) gʻalaba qozonishga hissa qoʻshgan. 2025-yil holatiga koʻra, sobiq jamoadoshi Wayne Rooney bilan bir qatorda Premyer-liga chempionligi, Angliya kubogi, UEFA Chempionlar ligasi, Angliya liga kubogi, Angliya Superkubogi, UEFA Yevropa ligasi va FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqqan ikki nafar ingliz futbolchisidan biridir. 2016-yilda Angliya kubogini qoʻlga kiritish orqali Carrick Angliya futbolidagi barcha ichki sovrinlarni oʻz kolleksiyasiga jamlagan.
Carrick Angliya sharafini U-18, U-21, „B“ terma jamoasi va asosiy milliy terma jamoa darajalarida himoya qilgan. U 2001-yilda Angliya terma jamoasi safida debyut qilgan va jami 34 ta oʻyinda maydonga tushgan, ammo biror marta ham gol urmagan. Carrick terma jamoadagi faoliyati davomida koʻpincha eʼtibordan chetda qolgan, chunki uning pozitsiyasida oʻynaydigan boshqa koʻplab zamondoshlariga koʻproq imkoniyat berilgan. Vaziyat 2012–13-yilgi mavsumga kelib oʻzgargan va oʻsha davrda Carrick terma jamoaning doimiy oʻyinchisiga aylangan. U ikkita yirik turnir, 2006 va 2010-yilgi jahon chempionatlarida Angliya terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.
Shaxsiy hayoti Carrick va biznes sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan pilates murabbiyi Lisa Roughead maktabda oʻqib yurgan paytlariyoq uchrasha boshlashgan. Ular 2007-yil 16-iyunda Lestershir grafligidagi Uaymondxem qishlogʻida turmush qurishgan boʻlib, bir nafar qiz va bir nafar oʻgʻil farzandlari bor.
Carrick 2009-yilgi UEFA Chempionlar ligasi finalidagi magʻlubiyatdan soʻng ikki yil davomida tushkunlikdan aziyat chekkanini maʼlum qilgan.
Uning ukasi Graeme ham murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanadi, u „Newcastle United“ klubida hamda „Middlesbrough“ning asosiy jamoasi murabbiylar shtabida turli lavozimlarda ishlagan.
Yutuqlari Oʻyinchi West Ham United U18
Angliya yoshlar kubogi: 1998–99 West Ham United
UEFA Intertoto kubogi: 1999 Manchester United
Premyer-liga: 2006–07, 2007–08, 2008–09, 2010–11, 2012–13 Angliya kubogi: 2015–16 Angliya liga kubogi: 2008–09, 2009–10, 2016–17 Angliya Superkubogi: 2007, 2008, 2010, 2011, 2013, 2016 UEFA Chempionlar Ligasi: 2007–08 UEFA Yevropa Ligasi: 2016–17 FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2008 Shaxsiy
PFA tomonidan yilning eng yaxshi razmiy jamoasiga kiritilgan: 2003–04-yilgi Birinchi divizion, 2012–13-yilgi Premyer-liga „Manchester United“ futbolchilari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi: 2012–13
Murabbiy Shaxsiy
EFL chempionatida oyning eng yaxshi menejeri: 2023-yil mart Premyer-ligada oyning eng yaxshi murabbiyi: 2026-yil yanvar
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Angliya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Angliya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Angliya B milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Wallsend Boys Club futbolchilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:Swindon Town F.C. futbolchilari Turkum:Birmingham City F.C. futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:Angliyalik futbol murabbiylar Turkum:Manchester United F.C. murabbiylari Turkum:Middlesbrough F.C. murabbiylari Turkum:Angliya Premyer-ligasi murabbiylari Turkum:Angliya futbol ligasi murabbiylari