Belgiya, Belgiya Qirolligi (flamandcha: Koninkrijk België ; fransuzcha: Royaume de Belgique) — G‘arbiy Yevropadagi davlat. Shimoliy dengiz sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 3 regionga, regionlar viloyat (provinsiya)larga, viloyatlar kommunalarga boʻlingan. Maydoni — 30 528 ming km². Aholisi — 11 687 008 kishi (2023). Poytaxti — Bryussel shahri.

Davlat tuzumi left|thumb|250px|Bryusseldagi Belgiya Federal parlamenti Belgiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiya 1831-yilda qabul qilingan va oʻsha paytdan beri bir necha bor (oxirgi marta 1993-yil) tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol, uning hokimiyati cheklangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va parlament amalga oshiradi. Ikki palatali parlament 4 yil muddatga saylanadi. Vakillar palatasi 150 deputatdan va senat 72 aʼzodan iborat. Ijrochi hokimiyatni qirol va u tomonidan tayinlanadigan hamda parlamentga hisobot beradigan hukumat (vazirlar kengashi) amalga oshiradi, unga bosh vazir boshchilik qiladi.

Tabiati left|thumb|280px|Belgiyaning relyef xaritasi Bu. xududining koʻpchilik kismi payettekislikdan iborat boʻlib, shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon kutarila boradi. Eng baland nuqtasi — Botranj choʻqkisi (694 m). Sohil yaqinidagi qum uyumlari va dambalar serhosil ekinzorlarni dengnz suvidan himoya qiladi. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, qurilish materiallari, jumladan marmar, kam miqdorda temir va polimetall rudalar, surma. Iqlimi — moʻʼtadil, dengiz iqlimi. Yanvarda oʻrtacha temperatura 3°, 4°, iyulda 18°, 19°. Yillik yogʻin miqdori 700 – 1500 mm. Yirik daryolari: Maas. Shelda. Izer; ular bir-biri bilan kanallar orqali tutashtirilgan. Tuprogʻi shimolida asosai qoʻngʻir oʻrmon; janubda podzol va qoʻngʻir. Belgiya maydoniining 18,7% ga yaqini oʻrmon, koʻproq dub va buk daraxtlari bilan qoplangan. Ardenn togʻlarida milliy bogʻ bor. Yovvoyi hayvonlardan bugʻu. toʻngʻiz, oʻrmon mushugi, oʻrmon suvsari, tovushqon va boshqa yashaydi. Olmaxon, dala sichqoni kabi kemiruvchilar, qirgovul, kaklik, oʻrmon loyxoʻragi kabi ovlanadigan qushlar bor.

Aholisi milliy tarkibi jihatidan 2 asosiy guruhga: flamandlar (58%) va vallonlar (32.5%)ga boʻlinadi. Belgiyada 1 mln.ga yaqin ajnabiylar — italyanlar, ispanlar, fransuzlar, greklar, gollandlar, marokashliklar, turklar va boshqalarlar ham bor. Aholining 96,5% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — fransuz, niderland va nemis tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Yirik shaharlari: Bryussel, Antverpen, Lyej, Rent, Sharlerua.

Tarixi 250px|thumb|Bryussel, Belgiyaning poytaxti va eng yirik shahri

Qadim zamonlarda B.da belglarning kelt qabilasi yashagan (mamlakat nomi shundap kelib chiqqan). Miloddan avvalgi 57 yilda Yuliy Sezar mamlakatni bosib olib, Rim imperiyasi tarkibiga qoʻshgan. III asrda B.ga germanlarning frank va friz qabilalari bostirib keldilar. Franklar belglarning bir qismini qirib tashlab, boshqa bir qismi bilan birikib kstganlar. 5 — IX asrlarda B. Frank davlati tarkibida boʻlgan. 843 i. Frank davlati parchalanib ketgach, Verden shartnomasiga kura, Belgiya 2 qismga boʻlindi: gʻarbiy qismi Franiiyaga, sharqiy qismi Lotaringiyaga qoʻshib yuborildi. 13 — XIV asrlarda B. Angliya bilan Fransiya oʻrtasidagi shiddatli kurash maydoni boʻldi. XIV asr oxiri va XV asrda Belgiya Burgundiya gersoglarining mulkiga aylandi, 1477-yildan Gabsburglar hukmronligida, 1555-yildan Ispaniya tarkibida boʻldi. 1713-yil Utrext sulhiga binoan yana Gabsburglar imperiyasi tarkibiga kirdi. 1789 — 90 yillar burjua inqilobi natijasida avstriyaliklar hukmronligi tugatildi, 1790-yil 11-yanvarda Belgiya Qoʻshma Shtatlari davlati eʼlon qilindi, biroq 1791-yilda Avstriya yana mamlakatni qoʻlga oldi. 1795-yilda Fransiyaga qoʻshib olindi. Napoleon I imperiyasi tugagach, 1815 i. B. hududi Niderlandiya tarkibiga qoʻshildi. 1830-yil inqilobi tufayli B. mustaqillikka erishdi. XX asr boshlarida 6. yuksak darajada rivojlangan sanoat mamlakatiga aylandi. Birinchi jahon urushi davrida B.ning betarafligiga qaramay, Olmoniya qoʻshinlari uni bosib oldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida esa gitlerchilar bosqini azobini tortdi (1940 — 44). 1944 i. sentabrda B. bosqinchilardan xalos boʻldi. B.— 1945-yildan BMT, 1949-yildan NATO aʼzosi (1967-yildan B.da NATO qarorgohi joylashgan). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 21-iyul — Qirol Leopold Ining Konstitutsiyam sodiqligi haqida qasamyod qilgan kupi (1831) va 15-noyabr — Qirol sulolasi kupi (1866).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari thumb|200px|Belgiya qiroli Filipp. 2013-yildan taxtda.

Xristian xalq partiyasi, 1969-yilda tuzilgan; Soiialistik partiya, 1978-yilda tashkil etilgan; „Agalev“ — flamand ekologlari partiyasi, 1982-yilda tuzilgan; Frankofonlar demokratik partiyasi, 1964-yilda tashkil etilgan. Xristian kasaba uyushmalar konfederatsiyasi, 1912-yilda tuzilgan; Belgiya umummehnat federatsiyasi, 1945-yilda tuzilgan.

Xoʻjaligi B. dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar guruhiga kiradi. Sanoatida mahsulotning texnikaviy darajasi yuksakligi jahon bozorida uning raqobatbardoshligini taʼminlaydi. Sanoatda yangi texnologiyalarni joriy etishga, eksportni ragʻbatlantirishga, kichik va oʻrta korxonalarni qoʻllab-quvvatlashga, xorijiy sarmoyani jalb etishga alohida eʼtibor beriladi. Metallsozlik, mashinasozlik, ayniqsa avtomobilsozlik (yiliga 1 mln.dan ortiq avtomobil ishlab chiqariladi), kimyo, elektrotexnika, elektron, binokorlik materiallari, toʻqimachilik, oziq-ovqat, yogochsozlik, zargarlik (olmos qirralash) eng rivojlangan sanoat tarmoqlaridir.

Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining atigi 3% shugullanadi (har bir dehqon 80 kishini boqadi). Oʻrta va mayda fermer xoʻjaliklari (90 mingta) qishloq xoʻjaligining asosini tashkil etadi, bir xoʻjalikning oʻrtacha yer maydoni — 15 ga. Yetakchi tarmoq — chorvachilik, u butun qishloq xoʻjaligi mahsulotining 70% ini beradi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari — bugʻdoy, arpa, sabzavot. Koʻpchilik mahsulot turlari boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi ichki ehtiyojni 1,5 — 2 barobar ortigʻi bilan taʼminlaydi. Yetishtirilgan sabzavotning 80% i chetga chiqariladi; romen salati dunyoning 40 mamlakatiga sotiladi. Chetga chiqariladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ichida gʻalla va meva asosiy oʻrinni oladi. Kartoshka, qand lavlagi va boshqa ham yetishtiriladi.

Transporti 250px|thumb|Antverpen porti B. muhim savdo va aloqa yullari chorrahasida joylashgan. U temir yoʻl (3479 km) va avtomobil yoʻllari (14421 km) tarmogining zichligi jihatidan dunyoda birinchi oʻrinda turadi. 1,7 ming lokomotiv, 1,8 ming yoʻlovchi tashiydigan va 27,3 ming yuk vagoni. 3,87 mln. yengil va 343 ming yuk avtomobili bor. B. hududidan 1500 km uzunlikdagi ikki daryo — Maas va Lis oqib oʻtadi, ularning yarmisida kemalar qatnaydi. Dengiz savdo flotida 69 kema bor. Asosiy portlari: Antverpen (dunyoda toʻrtinchi, Yevropada ikkinchi oʻrinda turadi, yillik aylanmasi 95 mln. tonna), BryuggeZebryugge, Gent, Ostende. Ichki suv yoʻllarining uz.~ 1515 km. „Sabena“ milliy aviakompaniyasi 70 dan koʻproq xalqaro aviayoʻnalishga xizmat qiladi. Bryussel yaqinidagi „Zaventem“ aeroporti toʻrt qigadagi deyarli barcha mamlakatlar poytaxtlari bilan bogʻlangan.

Chetga avtomobil, toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya sanoati mahsulotlari, dori-darmon, qora va rangli metallar, qimmatbaho toshlar, asosan brilliant chiqariladi. Chetdan asosan mineral mahsulotlar, neft, ruda, paxta tolasi, jun keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari — Olmoniya, Fransiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — B. franki.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

250px|thumb|KU Leuven universitetining markaziy kutubxonasi 1988-yildan maorif sohasi B. federatsiyasi subʼyektlari boʻlmish Jamoalar ixtiyoriga oʻtkazildi. 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va bepul. Davlat va munitsipal maktablaridan tashqari koʻpgina katolik va xususiy dunyoviy maktablar ham ishlab turibdi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. B.da 8 universitet bor. Eng yirik untlar: Antverpen, Bryussel, Lyej, Gent untlari. Shuningdsk, bir necha universitet markazlari, institutlar, oliy texnika maktabi ishlaydi. Ilmiy muassasalari: Metallurgiya tadqiqotlari milliy markazi, Yadro tadqiqotlari markazi, Qirollik observatoriyasi, 7 akademiya, jumladan Belgiya qirolligi fan, adabiyot va sanat akadsmiyasi. Bryusselda Milliy kutubxona. Bryussel, Gent, Lyej va Lyoven untlarining kutubxonalari, Antverpen va Bryusselda qirollik nafis sanʼat muzeylari mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi B.da fransuz, niderland, nemis tillarida 2.3 mln. nusxada 50 ga yaqin kundalik gaz. va 6 ixtisoslashgan moliyaiqtisodiy nashrlar chikariladi. Yirik gaz.lari: „Belang van Limburg“ („Limburg manfaatlari“, 1897-yildan), „Gazet van Antverpen“ („Antverpen gazetasi“, 1891-yildan), „Gazett de Bryussel“ („Bryussel gazetasi“, 1984-yildan), „Liberte“ („Ozodlik“, 1991-yildan); jurnallar: „Bon suare“ („Xayrli oqshom“, 1922-yil). B. telegraf agentligi 1920-yil tashkil etilgan. Radioeshittirish va tslekoʻrsatuv fransuz va niderland tillarida ishlaydi. 2 markaziy radio va telestudiyadan tashqari 10 viloyat studiyasi bor. Qoʻshni mamlakatlarning dasturlari kabel radio va televideniyesi orqali tarqatiladi.

Adabiyoti B. adabiyoti asosan 2 tilda: fransuz va flamand tillarida rivojlanib kelmoqda. Fransuz tilidagi adabiyot. Dastlabki yozma yodgorliklar XII asrda paydo boʻlgan. 14 — XV asrlarda tarixiy yilnomalar, salib yurishlariga bagʻishlangan rivoyat va qoʻshiqlar, qahramonlik dostonlari, roman va novellalar yaratildi. Uygonish davrida gumanist J. Lemer de Belj, pamfletlar muallifi F. de Markine de SentAldegond va boshqalarlar ijodi maʼlum (15 — XVI asrlar.). 17 — XVIII asrlarda fransuz muhojiri E. Bryoshe de la Krua ijod etdi. B. A. de Valef fransuz klassitsizmi taʼsirida asarlar yaratdi. XVIII asrning oʻrtalarida K. F. de Neli, O. B. Renye kabi adiblar adabiyotga maʼrifatparvarlik gʻoyalarini olib kirdilar.

XIX asr boshlarida B.da F. Lebrussarning „Belgiyaliklar“ (1810) poemasi, A. van Gasseltning kator sheʼr va dramachari, A. Sirening „Drok“ (1838), „Isoning soʻnggi kuni“ (1838) kabi toʻplamlari keng tarqaldi. Realistik tendensiyalar XIX asr oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Sh. de Koster, E. Verharn, J. Rodenbax realizmning tanikli namoyandalaridir. Shu davr dekadentlik oqimi bilan bogʻliq boʻlgan M. Metsrlink ijodi tush kupli k ruhi bilan sugorilgan. F. Ellens, K. Byurino, A. Eygespars, D. Shaynert kabi adiblar ilgʻor goyalarni targʻib qildilar. Gitlerchilar bosib olgan davrda shoirlardan R. Blik (konslagerda halok boʻlgan), J. Varen, Sh. Muas, D. Shaynert, I. Gassel fashizmga qarshi, vatanparvarlik ruhida sheʼrlar yozdilar. 50 — 60-yillardagi bir kator asarlarda Ikkinchi jahon urushi voqealari tasvirlandi (D. Jilles, D. Shaynert romanlari va boshqa asarlar).