Shoʻrtandi (qoz. Шортанды, شورتاندى) — Oqmoʻla viloyati Shoʻrtandi tumanining markazi (1939-yildan buyon), qishloq, temir yoʻl stansiyasi. Vioyat markazi sanalmish Koʻkchatov shahrining janubi-sharqida 225 km masofada, Damsa daryosining yoqasida joylashgan. Aholisi 6 ming kishi (2012).

Tarixi Poydevori 1929-yili Koʻkchatov — Oqmoʻla temir yoʻlining barpo etilishiga bogʻliq stansiya sifatida qurildi.

Sanoati Shoʻrtandida „Arman“ mebel sanoati jamiyati, „Kristall“ MChJ, „Shoʻrtandi elevatori“, „Moʻl-Doʻstiq“, „Qunarliliq“ AJ-lari, „Avtomobilist“ MChJ-i, „Shoʻrtandi munaybazasi“ AJ, tuman avtomabil korxonasi, bosmaxona, v.b. faoliyat yuritmoqda.

Ijtimoiy soha Maktabgacha boʻlgan 5 ta bolalar mahkamasi, 2 ta oʻrta maktab, madaniyat uyi, 3 ta kutubxona, kinoteatr, stadion, kasalxona, feldsher-akusherlik punkt, kafe, savdo markazi bor. Shoʻrtandidan jaqnubi-gʻarbga tomon 5 km masofada I.Baraev nomli Qozoq sholi xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti joylashgan. Qishloq hududi orqali Astana — Petropavlovsk avtomobil va temir yoʻllari oʻtadi. Qozoq ensiklopediyasi 9 tom

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston qishloqlari