thumb|Georges-Louis Leclerc (1753)

Georges-Louis Leclerc () yoki shunchaki Buffon () (1707-yil 7-sentabr, Montbard — 1788-yil 16-mart, Parij) — fransuz tabiatshunosi. Fransiya akademiyasining aʼzosi (1753-yildan). 1739-yildan Parij Botanika bogʻining direktori. 36 jildli (1747—1788) asosiy ilmiy asari „Tabiat tarixi“da oʻsimlik va hayvonot dunyosining birligi haqida fikr yuritadi. Buffon organizmlarni faqat sistemaga solibgina qolmasdan, yashab turgan muhit bilan birga oʻrganish kerak, degan xulosa chiqardi. Geologiya sohasida yerning rivojlanish tarixi haqidagi nazariyani yaratdi („Yer nazariyasi“ asari nashr etilgan, 1749).

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Turkum:1707-yilda tugʻilganlar Turkum:1788-yilda vafot etganlar