Sherzod Miragʻlamovich Fayziyev — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2012-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekistonning Ozarbayjon va Gurjistondagi elchisi boʻlgan.

Biografiyasi Maʼlumoti Toshkent davlat agrar universiteti va Moskvadagi diplomatik akademiya bitiruvchisi. Mehnat faoliyati 1993-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ishlagan.

2001—2006-yillarda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasi ikkinchi kotibi, 2006—2007-yillarda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining Osiyo va Afrika boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

1993—1997-yillarda Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi attashesi, uchinchi va ikkinchi kotibi, 1997—2001-yillarda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi siyosiy tahlil va prognozlash boshqarmasi ikkinchi kotibi lavozimlarida ishlagan.

2007—2008-yillarda Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Bosh kotibining oʻrinbosari boʻlgan.

2009-yildan 2012-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.

2012-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi va Gurjistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.

2021-yidan buyon Markaziy Osiyo xalqaro institutida boʻlim boshligʻi. Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Gurjistondagi elchilari Turkum:Yashayotgan insonlar