Imom Boqir masjidi – Quvaytning Al-Quvayt shahridagi Surra tumanida joylashgan shia masjidi. Erkaklar namozxonasi 6000, ayollar namozxonasi esa 2000 namozxonni oʻzida sigʻdira oladi. 2011-yilda masjid imomi shayx Mustafo boʻlgan. Imom Boqir masjidi Quvaytdagi eng yirik shia masjidlaridan biridir. Juma namoziga koʻpchilik namozxonlar tushdan keyin kelishadi. Magʻrib namozida taxminan 2000 namozxon ishtirok etadi. Qurilishi 2005-yilda boshlangan va 2007-yilda yakunlangan.

Manbalar

Turkum:21-asr masjidlari Turkum:Quvayt shahridagi binolar va inshootlar Turkum:2007-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Quvaytdagi shia masjidlari Turkum:Osiyodagi gumbazli masjidlar Turkum:Osiyodagi minorali masjidlar